AQŞ Prezidenti Donald Tramp kelasi yil Musaqillik bayramida Oq uy hovlisida UFC jangini ötkazmoqçi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Har bir milliy boğ va tarixiy joylarda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bağişlangan maxsus tadbirlar ötkaziladi. Biz UFC jangini ham taşkil qilamiz – bir öylab köring – Oq uy hovlisida”, dedi Tramp.
Qayd etilişiça, mazkur xabar jiddiy aytilgan bölib, Oq uy rasmiylari ham buni tasdiqlagan.
“UFC tadbirini Oq uy hududida ötkaziş böyiça muzokaralar olib borayapmiz”, dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Qayd etiş joiz, Donald Trampning UCF prezidenti Dana Uayt bilan aloqlari yaxşi. U 2024 yilgi saylovda Trampning asosiy tarafdorlaridan biri bölgan. Şuningdek, Tramp UFC jangini bevosita tomoşa qilgan AQŞ Prezident hisoblanadi.









