Telegram mukofot puli 200 ming dollar bölgan tanlov eʼlon qildi

Telegram mukofot puli 200 ming dollar bölgan tanlov eʼlon qildi

Telegram messenjeri özining rasmiy kanalida JavaScript dasturçilari uçun tanlov eʼlon qildi. Tanlovning maqsadi telegramning web versiyasida “röyxatdan ötiş va kiriş, xabarlar va suhbatlarni köriş uçun oddiy va yangiça web-interfeys (taşqi köriniş va boşqalar) yaratiş”.

Foydalanuvçilar uçun qulay taraflardan biri, yaqin vaqtlarda messenjerning web versiyasi orqali ham röyxatda ötiş imkoni paydo böladi.

Mukofotning umumiy jamğarmasi 200 ming AQŞ dollari bölib, uning içiga 80 ming AQŞ dollariga teng birinçi bosqiç mukofot pullari ham kiradi. 3 bosqiçdan iborat tanlov şu yilning 17 noyabriga qadar davom etadi.

Qiziquvçilar va dasturiy taʼminot bilan şuğullanuvçi professionallar tanlov haqida töliq maʼlumotni bu yerdan olişlari va qatnaşişlari mumkin.

×