Özbekiston va Xitoy aviakompaniyalari Samarqand-Urumçi yönalişi böyiça reys yölga qöyiş borasida kelişuvga erişdi

Özbekiston va Xitoy aviakompaniyalari Samarqand-Urumçi yönalişi böyiça reys yölga qöyiş borasida kelişuvga erişdi

Air Marakanda kompaniyasi China Southern Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikni boşladi. Şu munosabat bilan tarixda ilk bora Urumçi şahriga birinçi reys işga tuşirildi. Aviakompaniya Xitoydan Samarqandga parvozlarni amalga oşiradigan ilk aviareysga aylandi. Urumçiga parvozning tantanali oçiliş marosimi Samarqand xalqaro ayeroporti terminalida taşkil etilib, birinçi reys yölovçilari uçun mavzuviy fotolar burçagi, şirinliklar bilan çoy marosimi, şuningdek, maşhur Samarqand tut qoğoziga Xitoy tilida kalligrafiya yozuvlari bitilgan körgazmalar maydoni taşkil etildi.

Oçiliş marosimida Air Marakanda va China Southern Airlines aviakompaniyalari rahbariyati, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Samarqand viloyat bölimi rahbari Rustam Qobilov iştirok etdi.

Anʼanaga köra, samolyotni Samarqand ayeroporti ayerodromida suv arkasi bilan kutib olindi va Xitoydan kelgan birinçi yölovçilarni özbek milliy çolğulari - karnay va surnay sadolari ostida kutib olişdi.

Tadbir doirasida Air Marakanda Boş direktori Anton Xodjayan, Air Marakanda Boş direktorining kommertsiya böyiça örinbosari Artyom Pak, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Samarqand viloyat bölimi rahbari Rustam Qobilov va China Southern Airlines aviakompaniyasining Toşkentdagi vakolatxonasi Boş direktori Şen Yi iştirokida matbuot anjumani ham ötkazildi. Matbuot anjumanida sözga çiqqanlar Samarqand va Urumçi örtasida yölga qöyilgan havo qatnovning ulkan salohiyatini taʼkidlab, ikki davlat örtasida turizm va savdo sohasini rivojlantirişning keyingi istiqbollarini muhokama qildilar. Bundan taşqari, iştirokçilar yaqin kelajakda Xitoydan Samarqandga yangi yönalişlarni oçiş rejalari bilan bölişdilar.

Xitoydan Samarqandga töğridan-töğri reyslarning oçilişi köp asrlar oldin asos solingan Buyuk Ipak yölining mantiqiy davomi bölib xizmat qiladi.

Endi Xitoyning şimoli-ğarbiy qismidagi Sintszyan-Uyğur avtonom tumanining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga Samarqanddan har duşanba soat 01:30 da uçib borsa böladi. Urumçi xalqaro ayeroportidan Samarqandga qaytiş reysi yakşanba kuni soat 23:20 ga rejalaştirilgan. Parvozlarning barçasi zamonaviy Boeing 737-800 samolyotlarida ikki toifali-joylaştiriş - biznes- va ekonom-klasslarda amalga oşiriladi.

Qöşimça maʼlumot:

Urumçi şahri dengizdan uzoqda joylaşgan dunyoning yirik şaharlaridan biridir. Uning ayeroportining yönaliş tarmoği 69 ta mahalliy yönalişlardan iborat bölib, bu yölovçilarga Urumçi ayeroportidan XXRning eng yirik biznes, sanoat va sayyohlik şaharlariga taşrif buyuriş imkonini beradi.

China Southern Airlines — Xitoyning eng yirik aviataşuvçisi hisoblanib, aviakompaniya floti samolyotlar soni böyiça Osiyoda 1-örinni egallaydi. China Southern Airlines 850 dan ortiq yölovçi va yuk taşiş samolyotlarini, şu jumladan Boeing V787, V777, V747 va B737, şuningdek Airbus A330, A321, A320, A319 va ARJ21 samolyotlarini boşqaradi. China Southern


×