Xitoyda COVID-19 koronavirusi alomatlarini berkitiş va bemorlarning ahvoli haqida yolğon maʼlumot beriş ölim bilan jazolanişi mumkin. Bu haqda keça, 15 fevral kuni Xitoy sudi tarqatgan bayonotda aytilgan.
Bayonotga köra, kişining sayohatlari haqidagi axborotni yaşirişi ham jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Virus tarqatuvçisi bölgan odam, jamoat xavfsizligiga tahdid qilişda ayblanadi. Bu ayblov bilan “ayblanuvçi” 10 yil yoki umrbod qamoq , agar bu ham kamdek körinsa ölim jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Xitoyning Soğliqni saqlaş böyiça milliy komissiyasi 15 fevral kuni yötal, harorat va boşqa virusli kasallik alomatlari bölgan odamlarning mamlakat böylab avtobus, poyezd va samolyotda harakatlanişini taqiqlab qöydi. Bundan taşqari, epidemiya öçoğida taʼtildan qaytayotganlar yo uyda ötirişi kerak, yo 14 kun şifokorlar nazoratida bölişi kerak. Bundan boş tortganlar jazolanadi.
Xitoyda köplab işlab çiqariş korxonalari Hukumat uzaytirgan taʼtil nihoyasiga yetganidan keyin ham faoliyatini boşlmagan. Xitoy Transport vaziri örinbosari Lyu Syaomin mamlakat içida qatnovlar normal şaroitdagi hajmning beşdan birini taşkil qilayotganini maʼlum qildi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provintsiyasi markazi Uxan şahrida ötgan yilning dekabr oyi örtalarida yangi virus paydo böldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotini mamlakatda epidemiya boşlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozirça Xitoydan taşqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qöşma Ştatlar, Germaniya, Vetnam, Frantsiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Şvetsiya, Şri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.
Bugunaça, dunyoda koronavirus qurbonlari 1669 nafarga, kasallanganlar 69 270 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalişi sababli Jamoat soğliği uçun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat soğliği uçun jiddiy xavf tuğilganda eʼlon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
Koronavirus bugungaça qurbonlar soni böyiça 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Şarq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, şulardan 774 nafari (ölim darajasi 9,6 foiz) halok bölgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (ölim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bölgan.
Sunnatilla Abdullayev









