Joriy yil boşidan beri rossiyalik tadbirkor va milliarder Alişer Usmonovning boyligi 3,12 mlrd dollarga köpaydi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” maʼlumotlarida keltirilgan.
Unga köra, 2025 yil boşidan buyon Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining umumiy boyligi 20,163 milliard dollarga oşgan. Boyligi eng katta surʼatda ösgan şaxs Telegram asosçisi Pavel Durov bölib, u yil boşidan beri 3,27 milliard dollarga boyigan. Natijada uning umumiy boyligi 14,3 milliard dollarga yetgan.
Pavel Durovdan taşqari quyidagi tadbirkorlar ham sezilarli ösişga erişgan:
- Alişer Usmonov (USM asosçisi va yirik aktsiyadori) – + 3,12 mlrd dollar, umumiy boyligi 16,3 mlrd dollar;
- Viktor Vekselberg (“Renova” guruhi rahbari) – + 3,02 mlrd dollar, umumiy boyligi 10,3 mlrd dollar;
- Vladimir Potanin (“Interros” va “Norilsk Nikel” rahbari) – + 2,56 mlrd dollar, umumiy boyligi 30,4 mlrd dollar;
- Sulaymon Karimov (tadbirkor, Federatsiya Kengaşi aʼzosi) – + 2,60 mlrd dollar, umumiy boyligi 9,64 mlrd dollar.









