Alişer Usmonovning Germaniyadagi villalarida tekşiruv ötkazilmoqda. Germaniya politsiyasi sanktsiyalar buzilişi böyiça tergov doirasida rossiyalik oligarx Alişer Usmonovga tegişli 24 ta mulkda keng kölamli tintuv ötkazdi. Alişer Usmonov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi sababli Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan.
Maʼlum bölişiça, Germaniyada Alişer Usmonov uzoq vaqtdan beri yarim milliard yevrolik soliq jinoyatlarida gumon qilinib, tergov ostida bölgan. Ilgari bu maʼlumotlar yaşirin edi. Tergov maʼlumotlariga köra, oligarx har yili Bavariyada öz yaşaş joyida soliq tölaş uçun salmoqli vaqt ötkazgan.
Usmonov kuz-qişda bir neça oylab Tegernze qirğoğida yaşagan. "Rottax-Egernning bu betakror maskanining jozibasi şundaki, men özimni Özbekistonda, öz uyimdagidek his qilaman", – deydi u. Tergov şuni körsatadiki, Usmonov şirkatlar orqali bir neçta villalar sotib olgan va keyin ularni özi arzon narxga ijaraga olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Dilbar yaxtasi va Airbus A340 samolyotiga nisbatan ham xuddi şunday şubhalarga egaligini eʼlon qildi.
Bundan taşqari, Suddeutsche Zeitung naşrining yozişiça, Usmonovning pul yuvişida gumon qilinayotgan maʼlumotlar yiğilmoqda. Bu hafta bölib ötgan qidiruvlar yangi tergovning boşlanişi edi.









