Alişer Usmonovning boyligi 1,26 mlrd dollarga ortdi

Alişer Usmonovning boyligi 1,26 mlrd dollarga ortdi

Rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning boyligi 2023 yil boşidan buyon 1,26 milliard dollarga köpayib, 19,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg naşrining dunyodagi eng boy odamlar böyiça Bloomberg Billionaires Index reytingida maʼlum qilindi.

Mazkur reytingda Usmonov top-500 talikda 81-örinni egalladi. Şuningdek, yil boşidan buyon 29 milliard dollar mablağ töplagan frantsiyalik milliarder, Louis Vuitton va Sephora kompaniyalari rahbari Bernard Arno dunyo milliarderlari reytingida yetakçilikni qölga olgan. Uning jami boyligi bugungi kunga kelib 191 milliard dollarga baholanmoqda.

Tesla hamda SpaseX asosçisi amerikalik milliarder Ilon Mask uşbu reytingda ikkinçi örinni egalladi. Qayd etilişiça, Maskning boyligi yil boşidan buyon 32,1 milliard dollarga oşib, umumiy hisobda 169 milliard dollarni taşkil etgan. Kuçli uçlikni esa Jeff Bezos yakunlagan. Uning daromadlari yil boşidan buyon 21,6 milliard dollarga oşib, umumiy hisobda 129 milliard dollarga yetgan.

Maʼlumot uçun, Alişer Usmonov «Metalloinvest», «Udokan mis» va «MegaFon»ni öz içiga olgan USM guruhining asosçisi va eng yirik aktsiyadori (49 foiz) hisoblanadi.


Teglar:
×