Parol emas öron. 40 ta xorijiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

Parol emas öron. 40 ta xorijiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi

Özbek tilida keng qöllaniladigan 40 ta xorijiy atama özbekçaga tarjima qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining joriy yil 30 iyuldagi 62-son bayoniga binoan özbek tili qoida va meʼyorlari asosida şakllantirilgan uşbu atamalar hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi sözlar röyxati tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş kontseptsiyasida ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni muntazam ravişda rasmiy muomalaga kiritib boriş vazifasi belgilangan.

Ijroni taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayoni qabul qilindi. Uşbu bayonga köra, özbek tilida qöllanilib kelayotgan 40 ta xorijiy atama özbekça muqobillariga almaştirildi.

Jumladan:

Qayd etilişiça, uşbu jarayonda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti bilan hamkorlikda iş olib borgan, şuningdek, mazkur departamentning ekspertlar guruhida xorijiy atamalar muhokamadan ötkazilgan.

Almaştirilişi lozim bölgan 40 ta xorijiy atamaning milliy muqobillarini aniqlaşda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilşunoslari uşbu atamalar tegişli soha vakillari bilan muntazam muloqotda bölgan. Şuningdek, xorijiy atamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamadan ötkazilgan.


×