Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi Navröz bayramiga bağişlangan videotabrik tayyorladi. Musiqiy-badiiy lavhada vakolatxona rahbari, elçi Şarlott Adrian boşçiligidagi diplomatlar hamda xodimlar şarqona yangi yilga atab özbekça şeʼr öqigan.
Uşbu şeʼrda «Bobolar halim solar, / Latifa aytib turar. / Içakuzdi hazillar, / Qiziydi şöx bazmlar. / Elga rizq-röz ulaşib, / Tandir nonin uşatib, Yayrab keldi Navrözim / Yaşnab keldi Navrözim» kabi xalqona satrlar mavjud.
Eslatib ötamiz, Şarlott Adrian xonim Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari sifatida 2021 yil 23 aprel kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga işonç yorliğini topşirgan. Uşbu uçraşuvda YEI anʼanaviy ravişda mamlakatimizning muhim strategik şerigi bölib kelayotgani, yevropalik hamkorlar yurtimizda amalga oşirilayotgan demokratik yangilanişlar, iqtisodiy islohotlar va transformatsiya jarayonlariga har tomonlama kömak körsatayotgani qayd etilgan.









