Tojikistonda respublikada “Oçiq osmon” siyosatini amalga oşiriş töğrisidagi hukumat qarori kuçga kirdi. Bu bilan xorijiy aviakompaniyalarga mahalliy aviataşuvçilar tomonidan amalga oşirilayotgan reyslar sonidan qatʼi nazar, parvozlar çastotasini oşiriş huquqi berildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib, “Avesta.tj” xabar berdi.
Ilgari respublikada amal qilgan qoidaga köra, paritet printsipi örnatilgan edi. Yaʼni, xorijiy aviataşuvçilar Tojikiston kompaniyalari reyslari soniga teng miqdordagi reyslarni amalga oşirişlari mumkin edi. Endi bu qoida bekor qilindi.
Bundan taşqari, hukumat qarori doirasida havo kemalarining turi, taşuvçilar soni, tariflar va yönalişlar tarmoğiga qöyilgan çeklovlar ham bekor qilindi. Qayd etilişiça, allaqaçon pretsedent mavjud. Turkish Airlines yangi qoidalardan unumli foydalanib, 1 avgustdan boşlab Duşanbe va Istanbul örtasidagi reyslar çastotasini haftasiga 3 martadan 5 martagaça oşiradi.
Biroq, özgartirişlar barça yönalişlarga tegişli emas. Hujjatda aytilişiça, ilgari Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan belgilangan 18 ta yönaliş böyiça avvalgi tartibga soliş tartibi uç yil davomida saqlanib qoladi. Şundan söng çeklovlar olib taşlanişi istisnosiz barça reyslarga tatbiq etiladi.
“Oçiq osmon” rejimi respublika poytaxti, şuningdek, boşqa şaharlar: Xöjand, Kölob va Boxtar xalqaro aeroportlariga tatbiq etiladi.
Fuqaro aviatsiyasi agentligiga barça manfaatdor şaxslarning uçinçi va törtinçi erkinlik darajasi doirasida havo hududiga kirişini taʼminlaş, şuningdek, xorijiy kompaniyalar uçun tösiqlarni izçil olib taşlaş topşirildi. Qabul qilingan özgartirişlar fonida monopoliyaga qarşi tuzilmalar, havo harakatini boşqariş korxonalari va aeroport rahbariyati yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, tegişli xizmatlar tariflarini pasaytiriş va infratuzilmani rivojlantiriş çoralarini köradi.
Mutaxassislarning fikriça, Tojikistonda “Oçiq osmon” siyosatining joriy etilişi transport bozorida raqobat uçun qulay şart-şaroit yaratadi, bu esa öz navbatida çiptalar narxining arzonlaşişiga va fuqaro aviatsiyasi sohasiga qöşimça sarmoya jalb etilişiga olib keladi.









