Bugun, 1 avgust kunidan boşlab oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar turarjoyi uçun arizalar qabul qilina boşlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (oliy taʼlim muassasalari talabalarini turarjoy bilan taʼminlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan, 1 avgustdan boşlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborişi mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turarjoylariga qabul qilinadi:
- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvçilari, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan talabalar;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bölgan talabalar;
- xorijiy davlat fuqarosi bölgan talabalar;
- bir oiladan bakalavriat bosqiçi kunduzgi taʼlim şaklida ikki yoki undan ortiq tölov-şartnoma asosida öqiyotgan oilalar farzandlari;
- xalqaro va vazirlik tomonidan ötkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ğolib bölgan talabalar;
- vazirlik tomonidan ötkaziladigan “Zakovat” intellektual öyinlari respublika bosqiçi ğoliblari;
- “Yil talabasi” körik-tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari;
- “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari;
- talabalar turarjoyida talabalar kengaşi raisi, qavat sardori bölgan talabalar.
Şundan söng, umumiy röyxatdagi talabalar uçun yotoqxonada ortib qolgan örinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagiça taqsimlanadi:
- 1-kurs talabalari uçun 55-65 foiz;
- 2-kurs talabalari uçun 15-20 foiz;
- 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uçun 20-25 foizgaça ajratiladi.
Bildirilişiça, arizalar qabuli 1 avgustdan boşlab öquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Qöşimça qilinişiça, 2025-2026-öquv yilida OTM 1-bosqiçiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija çiqqandan söng ariza yuborişlari mumkin böladi. Ular uçun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.









