Arizalarni Asaka tuman bozorkomi va Marhamat tumanidagi maktab direktori yozgan.
Andijonlik bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan yana ikki ariza böyiça iş oçilgan. Bu haqda “BBS Özbek” naşri xabar bermoqda. Taʼkidlanişiça, naşrga uşbu xabarni 15 sutkalik qamoq jazosini ötayotgan blogerning yaqinlari maʼlum qilgan. Aytilişiça, bloger ustidan yozilgan ikki ariza böyiça suriştiruv işi boşlangan. Arizalarni Asaka tuman bozorkomi va Marhamat tumanidagi maktab direktori yozgan. Maʼlumki, fuqaro ustidan tuhmat böyiça ikkinçi ariza tuşsa, bu jinoiy işga aylanadi. Naşr bloger işi yuzasidan Prokuraturaga yöllagan sörovnomasiga quyidagiça javob olgan:
“Bloger A.Nuriddinovni hatti-harakatlari yuzasidan fuqarolardan şikoyatlar (A.Nuriddinov tuhmatlardan iborat maʼlumotlar tarqatiş orqali tanişlarini işga joylaştiriş, moddiy manfaatdor bölişi kabi) kelib tuşmoqda. Asaka tumani IIB tomonidan uşbu şikoyatlarda körsatilgan vajlarni örganiş yuzasidan tekşiriş harakatlari ötkazilmoqda”
Maʼlumot uçun, Asaka tumanida byudjet çiqimlarini va Xalq taʼlimi boşqarmasidagi şikoyatlarni suriştirayotgan bloger asli ismi Abdufatto Nuritdinov 30 dekabr kuni hibsga olingan edi. Mayda bezorilik uçun Andijon viloyat maʼmuriy sudiga olib borilgan bloger hakam qarşisidaa öziga qarşi allaqaçon taxlab ulgurilgan qalingina ikki yiğma jildni körgan. U mayda bezorilik uçun 15 sutkaga qamalgan, keyinçalik maʼmuriy işlar uçun sudlanganlar saqlanadigan qamoqxonaga ötkazilgan. Blogerning yaqinlari Otabek Nuritdinovga qarşi iş uyuştirilganini taʼkidlamoqda. Blogerni himoya qilayotgan advokat sud jarayoni qonunbuzarliklar ostida ötganini daʼvo qilib, Oliy sudga şikoyat xati yöllagan.
“Otabek Nuriddinovning masʼullar işini tanqid qilgani uçun Asakadagi bir guruh mansabdorlar tomonidan özaro til biriktirib jazolatgani yana ham oydinlaşmoqda”, deb yozdi Oliy majlis deputati Rasul Kuşerbayev.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 7 dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan çiqişida uşlangan şaxsning oila aʼzolari darhol xabardor qilinişi kerakligiga töxtalgandi.
“Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan uşlangan şaxsning oila aʼzolari bu haqda darhol xabardor qilinişi kerakligi, buni suriştiruvçi, tergovçi va boşqa vakolatli şaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qöyiş taklif etildi. Bundan taşqari, şaxsni uşlab turiş va uning huquqini çeklaydigan boşqa protsessual majburlov çoralarini qöllaş holatlarini hisobga olişning elektron tizimiga ötiş zarurligi, bu jarayonda inson omili iştirokini iloji boriça kamaytiriş lozimligi qayd etildi”, deb aytgan Şavkat Mirziyoyev.
manba: effect.uz









