Abituriyentlarga ruxsatnomalar beriş boşlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalar beriş boşlandi

2026–2027 öquv yilida oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni beriş boşlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholaş agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, abituriyentlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali şaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olişlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan keçikmagan holda kelişlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boşqa hujjatlar bilan kelgan, şuningdek, belgilangan vaqtdan keçikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.


×