Avtotransport vositalari oynasining tusini özgartiriş uçun ruxsatnmani onlayn şaklda oliş imkoniyati yaratilişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirganlik uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini onlayn körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasida közda tutilgan.
Qaror bilan avtotransport vositalarining oynalarining tusini özgartirganlik uçun onlayn tarzda ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
• 2021 yil 1 apreldan boşlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini özgartirganlik uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş faqat onlayn tarzda Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi örinlarda — YAIDXP deb ataladi) orqali amalga oşiriladi;
• Özbekiston Respublikasining “Davlat boji töğrisida”gi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini özgartirganlik uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini oliş uçun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yiğimlar va boşqa tölovlar tölanadigan summadan 90 foiz miqdorida tölanadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:
• avtotransport vositalarining oynalarining tusini özgartirganlik uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş jarayonining töliq avtomatlaştirilişini;
• avtotransport vositalarining oynalarining tusini özgartirganlik uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmati YAIDXP orqali körsatilişini taʼminlaş uçun zarur bölgan axborot tizimlarining özaro integratsiya qilinişini;
• uşbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglament böyiça davlat xizmati YAIDXP orqali joriy etilişini;
• davlat xizmatini körsatilganligi uçun tölangan tölovlar Davlat bojlari va yiğimlar summasi hisobini yurituvçi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oşirilişini taʼminlaydi;
• YAIDXPda davlat xizmatlari körsatilişining har bir bosqiçida murojaatlar körib çiqilişini kuzatib boriş tartibini joriy etadi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
• davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan davlat xizmati körsatilişining belgilangan tartibiga rioya etilişi böyiça ularning faoliyati yuzasidan, şu jumladan YAIDXP orqali doimiy nazorat örnatadi;
• uşbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini körsatiş böyiça maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uçun davlat organlari va boşqa taşkilotlar mansabdor şaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qöllaydi.









