Avvalroq, Qirğizistondagi törtta pansionat Özbekiston ixtiyoriga ötkazilişi aytilgandi. Qirğiziston rahbari Sadir Japarov bunday qaror qabul qilinişiga Bişkekning xalqaro sud qarori bilan Özbekiston tomoniga 40 million dollardan ortiq pul tölay olmagani sabab bölganini aytdi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga bergan intervyusida söz oçdi.
“Joriy yilning may oyida sud qarori qabul qilindi. Unga köra, Qirğiziston tomoni Özbekistonga 40 million dollardan köproq tölaşi kerak. Biz Özbekiston bilan muzokaralar olib borib, obʼektlarni 49 yil ijaraga berişga kelişib oldik”, degan Qirğiziston Prezidenti.
Şuningdek, Japarov Qirğiziston hukumatining 2016 yilda Issiqköl viloyatida joylaşgan “Rohat”, “Zolotiye peski”, “Böston” va “Dilorom” pansionatlarini Özbekistondan tortib oliş töğrisidagi qarorini populistik deb atagan.
“Öşanda arxiv hujjatlarini örganiş va bu obʼektlarning kelajagi haqida öylaş kerak edi. Agar xalqaro sudda bunday harakat bilan yutqazmasligimiz uçun kafolatlar bölsa, bu maqsadga muvofiq bölardi”, deya tuşuntirgan Prezident.
Unga köra, 2016 yilda Özbekiston Vaşingtondagi xalqaro sudga 65 million dollar tovon tölaş talabi bilan murojaat qilgan. 2017 yilda öşa paytdagi Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov Özbekiston tomoniga maktub yöllab, muammoni tinç yöl bilan hal etiş, törtta pansionatni qaytariş masalasini işlab çiqiş va daʼvoni qaytarib olişni taklif qilgan. Ammo rasmiy Toşkent daʼvolaridan voz keçmagan va yakunda sudda ğalaba qozongan.
Joriy yilning 8 avgustida eʼlon qilingan Global Arbitaj Review hisobotiga köra, rasmiy Bişkek AQŞ sudiga investitsiya mojarolarini hal qiliş böyiça xalqaro markazning Qirğiziston Issiqköl qirğoqlarida joylaşgan törtta pansionatni milliylaştirgani munosabati bilan Özbekistondagi investorlarga 33 million dollar tölaşi haqidagi qarorini bekor qiliş talabi bilan murojaat qilgan.
Japarovning taʼkidlaşiça, pansionatlar yaroqsiz va Qirğiziston kötara olmaydigan katta sarmoyalarni talab qiladi
“Agar siz uşbu törtta pansionatni sotmoqçi bölsangiz, heç kim ularni, 40 million dollar u yoğda tursin, 4 million dollarga ham olmaydi. Mayli, atigi 5-10 yilga ijaraga bersa bölardi, deyiş esa jaholat. Çunki tört-beş yulduzli mehmonxonalarni qurişning öziga 5-10 yil ketadi. Heç bir davlat öz investitsiyalarini tölaş kafolati bölmasa, katta mablağ kiritişga rozi bölmaydi”, degan Qirğiziston rahbari.
Qirğiziston Davlat mulkini boşqariş agentligining aniqlik kiritişiça, qurilayotgan “Zolotiye peski”, “Dilorom”, “Rohat” pansionatlari hamda “Böston” obʼekti özbekistonlik investorlarga uzoq muddatli foydalaniş uçun 49 yilga, yer uçastkalari esa ijara asosida ötkazilmoqda. Buning evaziga investorlar obʼektlarni rekonstruktsiya qiladi va ularni uç yoki tört yulduzli darajaga olib çiqadi. Pansionat xodimlarining kamida 80 foizi Qirğiziston fuqarolari bölişi kerak.
Bunda:
- “Zolotiye peski” pansionati “Toşkent mexanika zavodi” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufiga;
- “Dilorom” pansionati – “Asakabank” aktsiyadorlik jamiyatiga;
- “Rohat” pansionati – “Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” aktsiyadorlik jamiyatiga;
- qurilişi tugallanmagan “Böston” obʼekti esa – “Özsanoatqurilişbank” aktsiyadorlik jamiyatiga beriladi.
Har bir obʼekt uçun taxminiy sarmoya miqdori 15-20 million dollarni taşkil qiladi.
“Pansionatlarni rekonstruktsiya qiliş loyihalari ularning xalqaro standartlar asosida töliq va samarali işlaşini taʼminlaş, tozalaş inşootlarini taʼmirlaş, şuningdek, respublika va mahalliy byudjetlarga soliq tuşumlarini köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş, turistlar oqimini va undan keladigan daromadlarni sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi”, deyiladi agentlik bayonotida.
Taşkilot prognozlariga köra, soliq tuşumlari hajmi yiliga 130 million qirğiz somidan (taxminan 1,5 million dollar) oşadi, har bir obʼektda 200 ga yaqin iş örinlari yaratiladi. Mahalliy tadbirkorlar pansionatlar hududida kafe, restoranlar, kinoteatrlar va boşqa tadbirkorlik xizmatlarini oçiş imkoniyatiga ega böladi.
Maʼlumotlarga köra, Issiqkölda özbek pansionatlari 1960 yilning oxirida SSSR Vazirlar Soveti bu kölni Butunittifoq kurorti deb eʼlon qilganidan keyin paydo bölgan. Qirğiziston SSRda pansionatlar quriş uçun mablağ yöqligi sababli boşqa ittifoq respublikalarining kasaba uyuşmalari çaqirilgan. Natijada qöşni davlatlar – Özbekiston va Qozoğiston Issiqkölda pansionatlar qurgan.
SSSR parçalanganidan keyin bu mulkni böliş boşlangan. 1992 yilda tomonlar pansionatlar Qirğiziston mulkiga ötişi, ammo MDHning boşqa davlatlari yuridik şaxslari ulardan foydalanişi mumkinligi haqida kelişib olgan. Yaʼni Qirğiziston bu pansionatlar uçun ijara haqi ola boşlagan.
Qayd etilişiça, Qozoğiston bilan “KazGU” sport-soğlomlaştiriş oromgohi, “Olimp” sport-soğlomlaştiriş markazi, “Samal” dam oliş uyi va “Qozoğiston” sanatoriysi böyiça ham hukumatlararo kelişuvlar mavjud. Yaqin kelajakda Qozoğiston tomoni öz obʼektlarini rivojlantiriş uçun sarmoya jalb etişni rejalaştirmoqda.









