SSV nega ayrim hollarda «Tez yordam» keçikayotganini izohladi

Joriy yilning 11 oyi davomida umumiy murojaatlarning 2,3 foiz holatlarda çaqiriqqa keçikib keliş holatlari yuz bergan. Bu haqda SSV matbuot kotibi axborotida maʼlumot berildi.

Mutaxassislarning fikriça, bunga bir tomondan murojaatlar soni köpligi bölsa, ikkinçi tomondan aksariyat holatlarda yöllarda «tez yordam» maşinasiga yöl berilmaslik, asossiz va yolğon çaqiriqlar bilan boğliq holatlar sabab bölmoqda.

Birgina joriy yilning 11 oyi davomida uşbu xizmatga 94 mingdan oşiq şoşilinç bölmagan holatlardagi murojaatlar, 133 mingga yaqin natijasiz çaqiriqlar hamda surunkali kasalliklari bölgan bemorlardan 832 mingga yaqin qönğiroqlar kelib tuşgan.

Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda yöllarda «tez yordam» maşinalari uçun alohida yölaklar barpo etilgan. Bu yöllar doimo oçiq turadi. Şu bilan birga, «tez yordam»ga yöl böşatib beriş böyiça haydovçilarda şaxsiy masʼuliyat juda yuqori.

×