Koreya Xalq Demokratik Respublikasida (KXDR) birinçi bor sevgi va partiya xatolarini oçiq tasvirlagan teleserial efirga uzatildi. Uşbu loyiha şaxsan mamlakat rahbari Kim Çen In tomonidan maʼqullangan. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 22 qismdan iborat uşbu serial “Pexek tekisliklarida yangi bahor” deb nomlanadi. Asosiy qahramon – şahardan qişloqqa oziq-ovqat işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun yuborilgan amaldor. Uning rafiqasi esa yomon infratuzilma va öğli öqiyotgan maktabning sifatsizligidan aziyat çekadi.
Serialda oilaviy tortişuvlar, korruptsiya va oçiq ifodalangan his-tuyğular ilk bor ekran orqali aks ettirilgan. Qahramonlar hatto pora ham beradi. Bu esa KXDR televideniyesi uçun mutlaqo noodatiy holat.
Janubiy Koreyadagi Donso universiteti professori Kristofer Mandeyning tuşuntirişiça, bunday kontent KXDRning yangi axborot strategiyasidan dalolat beradi: muammolarni tan oliş, ammo tomoşabinga şuni uqtirişki, faqat amaldagi tuzumgina bu muammolarni hal eta oladi.









