2017 yil oxirlarida Özbekistondagi “Zör” telekanalida namoyişi boşlangan “Sevgi iztirobi” turk seriali 2018 yilning fevral oyi örtalariga kelib efirdan olib taşlangan edi. Dunyoning köplab mamlakatlarida, xususan Turkiyaning özida ham qattiq tanqidlarga, odamlarning eʼtiroziga sabab bölgan va taqiqqa uçragan mazkur kartina Özbekistonda ham köplab bahs-munozaralarni keltirib çiqardi.
Mazkur serial haqida bir qança tahliliy-tanqidiy maqolalar eʼlon qilingaç, masala Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovgaça yetib borgandi.
2018 yilning 14 fevral kuni Hukumat raisi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bağişlangan videoselektor yiğilişida uşbu serialni tanqid qilib, xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratiş böyiça mutasaddilarga zarur körsatmalar berib, “Zör” telekanalida namoyiş etilayotgan “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilgan edi.
Hukumat raisining tanqididan söng, 2018 yilning 17 fevraliga kelib serial efir dasturidan olib taşlandi.
Oradan bir yarim yil ötib, uşbu serial yana “Zör” telekanaliga qaytmoqda. Bugun, 29 iyuldan eʼtiboran “Sevgi iztirobi” seriali qolgan joyidan namoyiş etiladi. Bundan çiqdi, gapirilgan gaplar, aytilgan tanqidlar havoga uçdi. Zördan zör çiqdi, deb şuni aytişsa kerak-da.
Maʼlumot örnida, mazkur telekanal muassislari röyxatida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham borligi aytiladi.
Serial qahramoni Burak Özçivit esa joriy yilning 14 fevral kuni Özbekistonga kelgan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yil iyun oyi örtalarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov aholidan telekanallarda namoyiş etilayotgan turk seriallariga nisbatan eʼtirozlar 5 karra köpayganini aytib çiqqan edi.
“Sönggi vaqtlarda mamlakat fuqarolarining nodavlat telekanallar efirida namoyiş etilayotgan xorijiy, asosan turk seriallaridan noroziligi ortib borişi kuzatilmoqda va Agentlikka kelib tuşgan murojaatlariga köra, uşbu seriallar köp hollarda özbek xalqining milliy udum va anʼanalariga, şuningdek milliy özligimizga maʼno va mazmun jihatdan mos kelmaydi. Agentlikka fuqarolarimizdan şu yilning faqatgina beş oyida kelib tuşgan murojaat va şikoyatlar soni ötgan yil davomida kelib tuşgan jami murojaatlar soni bilan taqqoslaganda 5 marta köpaygan”, degan edi Komiljon Allamjonov.
Ayni vaqtda mamlakatdagi eng yuqori reytinglarda turadigan xususiy telekanallarda quyidagi turk seriallari namoyiş etilmoqda:
“Yiğlama, ona”, “Ayol”, “Çuqur”, “Fazilat xonim va qizlari”, “Söyla... Qora dengiz” – “Sevimli” telekanali;
“Yomonlik dunyoga ustun bölolmas”, “Muhtaşam yuz yil” – “Milliy” telekanali;
“Meni qöyib yuborma”, “Parçalangan yuraklar”, “Sevgi iztirobi” – “Zör” telekanali.
Körib turganingizdek, telekanallarimiz allaqaçon turklaşib bölgan. Bular orasida “Sevimli” telekanali seriallar borasida peşqadam bölsa, boşqasi turk filmlarini tarjima qilib, uzatişda unga yetib oliş ilinjida. Turk maʼnaviyatini, arzon filmlarni tarğib qilib, özbek maʼnaviyatini sindiriş aktsiyasi kimözarga aylanib ketganiga ança bölgan.
Demadi demang: “Sevgi iztirobi”dan orttirilgan asoratlar badalini köp yillar tölaymiz









