8 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlatlari rahbarlari taşrif buyurgan milliy taomlar festivalida Özbekistonning milliy taomlari, boy madaniyati va sanʼati namoyiş etildi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
.jpg)
.jpg)
Maʼlum qilinişiça, Özbekiston pavilonida mamlakatning turli hududlariga xos taomlar va şirinliklar taqdim qilingan. Şuningdek, mehmonlar özbek nonini yopiş va somsa pişiriş jarayonlari bilan tanişgan.
.jpg)
.jpg)
Bundan taşqari, Rişton, Buxoro, Marğilon va Samarqand hunarmandlarining ijod namunalari ham namoyiş etilgan. Şerzod Asadovning qayd etişiça, milliy kuy-qöşiqlar Özbekiston ekspozitsiyasiga özgaça fayz bağişlagan.
.jpg)
Maʼlumot uçun, festivalda töqqiz mamlakat – Özbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning pazandaçilik anʼanalari namoyiş etilgan.









