Afğoniston erkaklar şaxmat terma jamoasi aʼzolari yaqinda Samarqandda bölib ötgan Jahon şaxmat olimpiadasida iştirok etganidan söng hibsga olindi. Bu haqda “Chessmaestro” naşri xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Olimpiadada iştirok etgan afğonistonlik tört şaxmatçidan uç nafari mamlakat çegarasida uşlangan. Bunga Afğonistonda şaxmat öyini rasman taqiqlangani sabab bölgani bildirilgan.
2025 yil may oyida Afğoniston rasmiylari diniy sabablarga köra mamlakatda şaxmat öyinini taqiqlaganini maʼlum qilgan. Hozirda terma jamoaning uç aʼzosi Qobulda uy qamoğida saqlanmoqda va ularning taqdiri nomaʼlum.
“Ular pasportlarimizni musodara qilişdi va uçalamizni turli xonalarga ajratişdi”, degan hibsga olingan şaxmatçilar “El País” naşriga.
Maʼlumot uçun, 46-Jahon şaxmat olimpiadasi joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand şahrida ötkazildi. 11 turdan söng Afğoniston erkaklar terma jamoasi 10 oçko jamğarib, 206 jamoa orasida 128-örinni egalladi.









