Ayni daqiqalarda Toşkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari yonib ketgan tsisternada kelib çiqqan yonğinni bartaraf etmoqdalar.
Bir neça daqiqa oldin Çinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna siğimli yoqilği tsisternasi yonib ketdi. Bir neça daqiqada yonğin sodir bölgan joyga Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 14 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.

«Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining töliq nazorati ostida. Qutqaruvçilarning sözlariga köra, yonğinni töliq bartaraf etiş uçun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar töğrisida maʼlumotlar kelib tuşmagan», deyiladi tezkor xabarda.









