Qaşqadaryoda yerosti yonmoqda

Qaşqadaryoda yerosti yonmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidaşi qişloqda yer osti yonayotgani haqida video va suratlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boşqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, Çiroqçi tuman “Yangi quriliş” MFY Xöja Abdujabbor qişloği hududidagi yerdan çiqayotgan tutun Çiroqçi tuman nazorat inspektsiyasi inspektorlari, tuman favqulodda vaziyatlar bölimi, "Hududgaz taʼminot" tuman filiali xodimlari tomonidan örganilgan. Örganiş jarayonida taxminan 0,10 gektar yer maydon avval yonib öçganligi va hozirda kunda taxminan 0,01 gektar yer maydoni ustidan tutun çiqib atrofga badböy hid tarqalayotganligi kuzatilgan. 

Örganiş davomida uşbu qişloqda yaşovçi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yillar oldin çuqurlik joy bölib, qamişzor bölgani va yillar ötib qamişlar ustiga tuproq yopilib ketganini taʼkidlangan.

Uşbu holat böyiça Geologiya sohasi mutaxassislarining örganiş ötkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, dastlabki xulosa yer ostidagi qolib ketgan qamişlar qizişi va çirişi natijasida uşbu holat yuzaga kelgan degan dastlabki xulosaga kelingan.

"Holatni örganiş işlari davom etmoqda, örganiş yakunlari böyiça batafsil maʼlumotlarni taqdim etamiz", deyiladi rasmiy xabarda.

×