“Xalqimiz uçun yaşayapsiz”. Saida Mirziyoyeva otasini tabrikladi

“Xalqimiz uçun yaşayapsiz”. Saida Mirziyoyeva otasini tabrikladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva otasi, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi. U bugun, 24 iyul kuni özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tabrik postini eʼlon qildi.

ׅSaida Mirziyoyeva otasi u uçun har doim donişmandlik va kuç-qudrat timsoli bölib kelganini, otasining çeksiz mehridan quvvat olib ulğayganini qayd etgan. 

“Dadajon! Tun-u kun Sizning öy-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxşi bilaman. Siz xalqimiz uçun yaşayapsiz. Umringizni şu yurtga, uning tinçligi, odamlar farovonligiga bağişlagansiz. Çunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz. 
Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barça maşaqqatlarni yengişda körsatayotgan matonatingiz oldida boş egaman.
Allohdan faqat bir narsani sörayman – Sizni doim Öz panohida asrasin. Men uçun. Hammamiz uçun...
Siz dunyoga kelgan kun barçamizga muborak bölsin, dadajon”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva. 

Maʼlumot uçun, bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 68 yoşga töldi. Şu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar, yetakçi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, Özbekistonning barça hududlari va xorijdagi özbekistonlikdan qutlovlar kelmoqda. Davlat rahbarining köplab mamlakatlar yetakçilari bilan telefon orqali muloqotlari ham taşkillaştirilmoqda.


×