Rossiyada 46 kişini olib ketayotgan samolyot sirli tarzda yöqolib qoldi

Rossiyada 46 kişini olib ketayotgan samolyot sirli tarzda yöqolib qoldi

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yölovçi taşuvçi An-24 samolyoti samoda aloqaga çiqmay yöqolib qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi. 

“Angara” aviakompaniyasiga tegişli samolyot Xabarovsk–Blagoveşensk–Tinda yönalişi böyiça parvoz qilayotgan edi. Uning bortida 40 nafar yölovçi, jumladan 2 nafar bola, şuningdek 6 nafar ekipaj aʼzosi bölgan. 

OAVga köra, samolyot Tinda şahri aeroporti yaqinidagi nazorat nuqtasida aloqaga çiqmagan va yöqolib qolgan. Ayni vaqtda qutqaruvçilar Tinda tumaniga yöl olgan va An-24 samolyotini qidiriş işlarini olib bormoqda.

Hozirça bortning taqdiri nomaʼlum. Favqulodda xizmatlar hodisa haqida xabardor qilingan, tafsilotlar aniqlaştirilmoqda.


×