Bangladeşda 500 kişini olib ketayotgan kema yonib ketdi

Bugun, 24 dekabr kuni Bangladeş janubidagi Jalakati tumanida odamlarni olib ketayotgan uç qavatli parom yonib ketdi. Oqibatda 38 kişi xalok bölgan.Bu haqda "Reuters" naşri xabar berdi.

Hodisa mamlakat janubida, kema poytaxt Dakkadan Jalakati orqali Barguna tomon ketayotganda yuz bergan. Maʼlumotlarga köra paromda 500 kişi bölgan.

Qidiruv guruhlari xodimlari qurbonlar soni ortişi mumkinligini istisno qilişmayapti.

Taxminiy maʼlumotlarga köra, yonğin dvigatel xonasida sodir bölgan va u yerdan butun kema böylab tarqalgan.

Hozirgaça 38 jasad topilgan, 100 ga yaqin odam kuyiş jarohati bilan şifoxonaga yuborilgan.

Avvalroq, Bangladeş şarqidagi Brahmanbariya munitsipalitetida qayiqning trauler bilan töqnaşib ketişi oqibatida  20 kişi halok bölgan edi.

×