Yozning issiq kunlarida quyoş nuri orqali kelib çiqadigan fotodermatoz kasalligiga çalinmaslik uçun imkon qadar yopiqroq kiyiniş, soat 10:00 dan 16:00 gaça soya-salqin joylarda böliş kerak. Bu haqda Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Elmira Roziqova maʼlum qildi.
Mutaxassisga köra, issiq kunlarda terining quyoş nuriga taʼsirçanligi oşadi. Şu tufayli fotodermatoz kasalligi yuzaga kelişi mumkin. Yaʼni ultrabinafşa nurlaniş teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan özaro taʼsirga kirişib, allergik reaktsiya paydo qilişi ehtimoli yuqori.
Roziqovaga köra, fotodermatoz kökrakning yuqori qismi, böyin, qöl sohalarida pufakça, qavariq, qizil doğ, kuyiş körinişidagi turli toşmalar, baʼzan terining qipiqlanişi, qiçişişi va şişlar yuzaga kelişi bilan namoyon böladi. Toşmalar quyoş nuri taʼsir qila boşlagan ilk soatlardan to bir hafta mobaynida hosil böladi. Bu xastalik alomatlari odatda muolajalardan söng yöqoladi. Biroq u surunkali tus olişi ham mumkin.
“Şunday muammolardan saqlaniş uçun, avvalo, soat 10:00 dan 16:00 gaça soya-salqin joylarda böliş tavsiya etiladi. Imkon qadar yopiqroq kiyiniş zarur. Taʼsirçan teri uçun möljallangan quyoş nuriga qarşi kremlardan foydalaniş maqsadga muvofiq”, deydi mutaxassis.
Uning qöşimça qilişiça, baʼzi dorilar fotodermatozni keltirib çiqarişi yoki xastalikni kuçaytirişi kuzatiladi. Şu bois preparatni qöllaşdan oldin körsatmalarni diqqat bilan öqiş yoki şifokor bilan maslahatlaşiş kerak.
Şuningdek, Eritromitsin, Tetratsiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafşa nurlarini tortiş xususiyatiga ega. Uşbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlarga issiq kunlarda kunduzi köçaga çiqişlari tavsiya etilmaydi.
“Agar sizda fotodermatoz belgilari paydo bölsa, Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy filiallariga murojaat qilişingiz mumkin”, deya qöşimça qilgan Elmira Roziqova.
Maʼlumot uçun, bugun, 23 iyul kuni Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq böladi.









