Qozoğistondagi telekanal Özbekiston avtomobilsozligida “UzautoMotors” AJning monopoliyasi örnatilganiga bağişlangan lavha tayyorlagani haqida xabaringiz bölsa kerak
Unda Oldindan pulini tölab qöyib avtomobilini ola olmayotgan özbekistonliklar safi 30 mingdan ortgani aytilib, köçalardagi maşinalarning aksari (deyarli barçasi) Chevrolet ekani kulgi ostiga olingan.
Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev Qozoğiston telekanali “UzautoMotors” monopoliyasi ustidan kulganiga munosabat bildirdi.
“Mamlakat içida hurmati deyarli qolmagan monopolistdan xalqqa foyda yöqligi allaqaçon maʼlum bölgan. Xatto Prezident Şavkat Mirziyoyev ham bu haqida aytib ötgan.
Şunça zarari yetmagandek uşbu “imtiyozxör monopolist”ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yiğilgan mamlakat obrösi, imijini tuşirib, özbekistonliklarni boşqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!”, deydi deputat.
Kuşerboyev haqini tölab, avtomobilini ololmayotgan isteʼmolçilarga avtomobil yetkazib beriş imkoniyati yöq bölsa, ayni vaqtda horij avtomobillariga nisbatan bojlarni tuşiriş eng töğri yöl ekanini taʼkidlagan. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qöllab-quvvatlaşlari kerak.









