Sönggi kunlarda tadbirkor Murod Nazarovning Toşkent şahrida quriliş qilayotganlarga daraxt kesişga qöyilgan çeklovni bekor qilişni taklif qilgani köplab muhokamalar va eʼtirozlarga sabab bölmoqda. Xususan, Ekopartiya deputatlari “qayta ekiş” nomi bilan ekilgan köçatlar qurib qolganini bildirib, daraxt kesiş moratoriyini bekor qilişga qarşi çiqqandi.
Biroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraktsiyasining rahbari Alişer Qodirov bu borada boşqaça fikrda. U “daraxt kesilmasin, degani, mutlaqo kesilmasin emas, zarur bölsa kesilişi mumkin, degani bölişi kerak”, deb hisoblaydi.
“Işxona oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni oldirib taşlaş uçun 1 yil qoğoz qildik, hamma bir-biriga soladi! Kesişga kelganlarni körib yiğlaşni ham kulişni ham bilmaysan, daraxt kesiş emas, odamni dorga osişga kelişgandek…
Albatta, daraxt kerak, havo yetmayapti, lekin unutmaylik, daraxtni inson uçun asraymiz, insonni daraxt uçun emas!
Bu ketişda kelajak avlod dinini unutib, daraxtga eʼtiqod qilişni boşlab yubormasa…
Daraxtni himoyasiga birlaşgandek suv, yer, energoresurslar, oziq-ovqat va vaqt, qolaversa özligimizni isrofiga qarşi ham birlaşa olsak edi!” deydi Alişer Qodirov.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda 2021 yil 31 dekabrdagi Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan. Farmon bilan Jarimalar beş baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oşirilgan. Qolaversa, daraxtlarni har qanday holatda kesiş yoki yöq qiliş töğrisida hukumat farmoyişlari va hokimlar qarorlarini qabul qiliş taqiqlangan.









