Namangan şahrida “Islom davlati Xuroson viloyati” xalqaro terroristik taşkilotining yaşirin “jamoati” foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, guruhning 16 nafar aʼzolarining yaşaş manzillari közdan keçirilib, 37 ta uyali aloqa vositalari, 51 dona naşriyoti körsatilmagan diniy adabiyotlar, 40 ta DVD disk, 4 ta fleş-karta hamda noutbuk va planşet aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Davlatobod tumanida yaşovçi fuqaro tomonidan taşkil etilgan “jamoat” yiğilişlarida xalqaro terroristik taşkilotlar ğoyaviy rahnamolarining “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi daʼvatlari faol tarğib qilingan.
Qolaversa, jamoat yetakçisi Telegram messenjerida jami 120 nafardan ortiq aʼzosi bölgan virtual kanal va guruhlar taşkil qilib, ularda “Islom davlati” terroristik taşkiloti atributlari, ekstremistik materiallar hamda “jihodiy” mazmundagi audio-video fayllarni tarqatgan hamda jamoat aʼzolari bilan özaro muhokamalar qilgan.
Şuningdek, mazkur virtual kanallarda yoşlarni “şariat hukmi” asosida “jihodiy” ruhda ulğaytiriş va mamlakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-diniy islohotlarga qarşi norozi kayfiyatda tarbiyalaş orqali “Islomiy davlat” asoslarini omma orasida tarğib qilişga qaratilgan “post”lar va diniy daʼvatlar joylaştirib kelingan.
Qayd etilişiça, jamoat yetakçisi 2022 yilda Turkiyaning Istanbul şahrida taşkil qilingan “hujra”da diniy saboq olişi natijasida uning qaraşlarida keskin özgarişlar sodir bölgan. Bundan xabar topgan otasi qizining notöğri yölda ekanligi böyiça nasihat qilganida, u öz padari buzrukvorini “kofir”ga çiqargan.
Şuningdek, guruh aʼzolaridan biri Namangan şahrida joylaşgan xususiy universitet taʼsisçisi hisoblanadi.
Hozirda guruh taşkilotçisi va 3 nafar faol aʼzosiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Guruhning qolgan aʼzolariga nisbatan ham suriştiruv işlari olib borilmoqda.









