Ukrainadagi vaziyat tufayli Özbekistonga qaytgan talabalarning öqişini bugun, 15 martdan boşlab soddalaştirilgan tartibda köçiriş boşlandi. Bu haqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yildning 4 mart kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqqa binoan Ukrainadan qaytib öqişini mamlakatda davom ettiriş istagi bölgan talabalarning hujjatlari hududiy işçi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.
Bu jarayonda talabalardan yaşaş hududlarida taşkil etilgan işçi guruhlarga (ilovada) murojaat qilişlari va batafsil maʼlumot olişlari söralgan.
Aytilişiça, şu kunga qadar Oliy va örta maxsus taʼlim hamda Taşqi işlar vazirliklariga uşbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy taʼlim muassasalari va yaşaş hududlari kesimida röyxati şakllantirilib, hududlardagi işçi guruhlarga yuborilgan.
Maʼlumot örnida, Ukrainadan Polşaning Katovitse aeroporti orqali Özbekistonga 28 fevraldan 15 martga qadar 26 ta aviareys taşkillaştirilib, 5 884 nafar özbekistonlik, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoşgaça bölgan bolalar, 40 nafar imkoniyati çeklangan şaxslar, şuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib kelingan.









