Öqişni köçiriş böyiça ötiş ballari eʼlon qilindi

Öqişni köçiriş böyiça ötiş ballari eʼlon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan 2025-2026-öquv yili uçun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar öqişini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga köçiriş böyiça ötkaziladigan maxsus sinovlar böyiça ötiş ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, uşbu ötiş ballari joriy yilda ham tizimida oliy taʼlim muassasalari bölgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida şakllantirilgan. 

Unga köra, eng yuqori ötiş ball huquq sohasi uçun belgilangan bölib, u 165 ballni taşkil etadi. Eng past ball esa veterinariya sohasida – 60 ball. 

×