Rossiyada vertolyot içidagi yölovçilari bilan bedarak yöqoldi

Rossiyada vertolyot içidagi yölovçilari bilan bedarak yöqoldi

Rossiyaning Xabarovsk ölkasida “Vzlet” aviakompaniyasiga tegişli Mi-8T vertolyoti bedarak yöqoldi. Bu haqda Rosaviatsiya matbuot kotibi Artyom Korenyako xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, bortda 5 kişi bölgan. Ularning 3 nafari ekipaj aʼzosi va 2 nafari texnik mutaxassislar sanaladi. 

Vertolyot Oxotsk aholi punktidan havoga kötarilgan va Magadanga yetib borişi kerak bölgan. Biroq belgilangan vaqtda ekipaj bilan aloqa uzilgan.

Qidiruv işlariga Rosaviatsiya’ga qaraşli qidiruv-qutqaruv havo kemalari jalb etilgan. Magadandan “IrAero” aviakompaniyasining An-26 samolyoti qutqaruvçilar bilan jönatilgan. Oxotskdan esa “Dalnereçensk Avia” kompaniyasining Mi-8 vertolyoti Xabarovskdagi qidiruv bazasi qutqaruvçilari bilan parvoz qilgan.

Şu bilan birga, Rosaviatsiya Mi-8T vertolyotlari foydalanilişiga taqiq joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Tergov qömitasining Şarqiy transport boşqarmasi holat böyiça maʼlumotlarni aniqlaştirmoqda. Xabarovskdagi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining maʼlum qilişiça, hozirça FVV kuç va vositalari işga tuşirilmagan. 

Maʼlumot uçun, Mi-8T – köp maqsadli MI-8 vertolyotining desant va yuk taşiş varianti bölib, u M. L. Mil konstruktorlik byurosida işlab çiqilgan. Uning maksimal uçiş oğirligi – 12 tonna, maksimal tezligi – 250 km/soat, uçiş masofasi – 500 km gaça.


×