Bugun, 1 avgustga ötar keçasi Moskvaga yana dron hujumi uyuştirildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi dron hujumi töxtatilgani, Moskva viloyati osmonida ikkita qurilma yöq qilingani, yana biri “Moskva Siti” majmuasi hududiga qulaganini maʼlum qilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga köra, “City IQ” minorasida uçuvçisiz samolyot hujumi oqibatida binodagi 150 metrlik oyna singan.
Moskva viloyatidagi Odintsovo va Naro-Fominsk şaharlari aholisidan uçuvçisiz samolyotlar va havo mudofaasi tizimining işlaşi haqidagi birinçi xabarlar taxminan soat 3:30 da kela boşlagan. Şuningdek, Moskva yaqinidagi Kubinka şahri aholisi ham osmonda portlaş ovozlari eşitilayotganini aytgan.
Keyinroq favqulodda xizmatlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva viloyatida bitta uçuvçisiz uçiş apparatini urib tuşirgani haqida xabar bergan. Qurbonlar va jarohat olganlar haqida maʼlumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, Rossiya poytaxti Moskvaga 24, 28 va 30 iyul kunlari ham dronlar hujumi uyuştirilgandi. Keça, 31 iyul kuni mansabdor şaxslar, rahbarlar va boşqa xodimlarga ixtiyoriy ravişda masofadan işlaş taklif qilindi. Çunki 30 iyul kuniga ötar keçasi “Moskva Siti”ning Raqamli rivojlaniş vazirligi joylaşgan “IQ-kvartal” minorasining 11 va 12-qavatlariga dron kelib urildi. Şuningdek, uşbu binoda Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va boşqa vazirliklar joylaşgan.









