Toşkentda 4 iyul 150 yil içidagi eng issiği böldi

Toşkentda 4 iyul 150 yil içidagi eng issiği böldi

Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida keça, 4 iyul kuni sönggi 150 yilda uşbu sana uçun heç qaçon kuzatilmagan eng issiq harorat rekordi yangilandi. Bu haqda Özgidromet yetakçi mutaxassisi, iqlimşunos olim Erkin Abdulahatov maʼlum qildi. 

Uning bildirişiça, keça, 4 iyul kuni Toşkent şahrida joylaşgan Özgidrometning “Toşkent-Observatoriya” stantsiyasida havo haroratining maksimal qiymati +43,5 darajaga yetgan. Bu poytaxt uçun 4 iyul kunlarida kuzatilgan rekord issiq harorat qiymatidir. 

“Toşkentda kuzatuvlar boşlangan 1868 yildan buyon heç qaçon 4 iyul kunlarida bu kabi yuqori havo harorati qiymati qayd etilmagan”, deydi u.

Maʼlumot uçun, poytaxtda kuzatuvlar davrida eng yuqori harorat qiymati 1997 yil 18 iyulda qayd etilgan va öşanda termometr ustunçasi +44,6 darajaga kötarilgan. Keça poytaxtda havo harorati qiymati öşa körsatkiçga 1 daraja yetmadi.


Teglar:
×