Olimlar Somon yöli galaktikasidan taşqarida insoniyat tarixidagi eng yirik qora tuynuklar birlaşuvini qayd etdi. Bu hodisa haqida“The Guardian” naşri xabar berdi.
2023 yil noyabr oyida Vaşington va Luizianadagi LIGO gravitatsion tölqin detektorlari uşbu hodisadan kelgan fazo-vaqt tölqinlarini qayd etgan. Endilikda tadqiqotçilar signallar taxminan 10 milliard yoruğlik yili uzoqlikdan kelganini va ular Quyoş massasining mos ravişda 103 va 137 barobariga teng bölgan ikki qora tuynukning töqnaşuvi oqibatida yuzaga kelganini aniqlagan. Buning ortidan hosil bölgan qora tuynukning massasi 265 ta Quyoş massasiga teng bölib, bu uni tarixda qayd etilgan eng yirik qora tuynuklar birlaşuviga aylantiradi.
LIGO fiziklarining aytişiça, bu kabi ulkan qora tuynuklar avvalgi birlaşuvlar natijasida şakllangan bölişi mumkin. Detektorlar uşbu töqnaşuvdan keyingi “söniş fazasi”ni – yangi hosil bölgan qora tuynukning “jaranglaş”i va barqarorlaşuv lahzasini ham qayd etgan. Yerga yetib kelgan tölqinlar proton kengligidan minglab barobar kiçik tebranişlarni yuzaga keltirgan.
Qayd etiş joiz, 2025 yil fevralida xalqaro olimlar guruhi tarixdagi eng yorqin va eng tez ösayotgan ultramassiv qora tuynukni aniqlagan. U Quyoş massasidan 17 milliard barobar oğir bölib, har kuni Quyoş miqdoridagi materiyani yutmoqda. Uşbu materiya qora tuynukka tortilayotganda juda katta miqdorda energiya tarqatadi.
Yaqin vaqt içida olimlar GRAVITY+ uskunasi yordamida uşbu qora tuynuk massasini bevosita ölçaş va uning öz öqi atrofidagi aylanişini kuzatişni rejalaştirmoqda. Bu esa ultramassiv qora tuynuklar massasi va ularning yorqinligi örtasidagi boğliqlikni tahlil qilişga imkon beradi.









