Quyoşda katta portlaş sodir böldi

Quyoşda katta portlaş sodir böldi

Bugun, 31 mayga ötar keçasi Quyoşda 2025 yilning eng yirik portlaşi ( CME – Coronal Mass Ejection) röy berdi. Uşbu hodisa bevosita Yer tomonga yönaltirilgani sababli alohida eʼtibor qozondi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar institutidagi Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, bu hodisa M8.2 darajasidagi kuçli Quyoş alangasi oqibatida yuzaga kelgan. U Toşkent vaqti bilan soat 05:05 da qayd etilgan.

“Uşbu portlaş Quyoşning körinadigan diskining markazida sodir böldi. Uning joylaşuvi “Quyoş-Yer” çiziği bilan deyarli bir tekisda bölgani sababli, Quyoşdan otilgan zarralar Yerni çetlab ötişi hatto nazariy jihatdan ham imkonsiz”, deyiladi laboratoriya bayonotida.

Quyoş alangalarining quvvati ularning rentgen nurlanişiga qarab A, B, C, M va X sinflariga bölinadi. A0.0 eng zaif, X esa eng kuçli sinf hisoblanadi. Aynan X sinfidagi alangalar Yerda kuçli magnit böronlariga sabab bölişi mumkin. Bunday hodisalar Yer orbitasidagi sunʼiy yöldoşlarning işlaşiga taʼsir qiladi, şuningdek, qutblar atrofida şimoliy yoğdu kuçayişiga olib keladi.

Mutaxassislar uşbu portlaş 2024 yil mayidagi eng kuçli Quyoş faolligidan kuç jihatidan ortda qolganini bildirgan. Şunga qaramay, laboratoriya bu holat G4 darajagaça yetadigan magnit böronlariga sabab bölişi mumkinligini istisno etmayapti. Bu daraja – beş balli maksimal G5 sinfiga bir poğona qolgani bilan ajralib turadi. Ayni vaqtda G5 darajasidagi böron ehtimoli 2 foizdan oşmaydi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 29 mayga ötar keçasi Yerda G darajali magnit böroni boşlangan. “Fobos” ob-havo markazi yetakçi mutaxassisi Mixail Leusning sözlariga köra, buning sababi Yer yaqinida Quyoş şamoli tezligining keskin oşganidir.


Teglar:
×