Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Uyçi tumanida fuqarolar örtasida katta janjal bölgani aks etgan video tarqaldi. Uşbu holat yuzasidan viloyat Içki işlar boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 12 iyun kuni soat 17:00 da Uyçi tumanida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan M.A. öziga oldindan taniş bölgan, 1991 yilda tuğilgan E.I. bilan ikki kun avvalgi tortişuvni hal qilib oliş maqsadida özaro janjallaşgan.
Ikki şaxs tomonidan bölgan ikki guruh jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan bir-birlarini urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda içki işlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, janjalni bartaraf etgan.
Uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, 7 nafar şaxs protsessual tartibda uşlangan.
“Janjalda heç qanday öq otiş quroli qöllanilmagan. Aholi örtasida vahima uyğotişga sabab böluvçi, tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasligingizni söraymiz”, deyiladi xabarda.









