Keça, 10 dekabr kuni Toşkent şahrida avtobus haydovçisi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvçi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
YTH taxminan soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur köçasi Minor metrosi qarşisida yuz bergan. Haydovçisi 1990 yilda tuğilgan T.J. boşqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bölgan 72-sonli yönalişli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yölni belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.
Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilişça, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.









