2025 yilning 31 avgust kuni Toşkent şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki sevişgan halok böldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Voqea 31 avgust kuni tongda röy bergan. 1998 yili tuğilgan Cobalt haydovçisi qöpol qoidabuzarlik qilgani sababli dahşatli avtohalokat sodir bölgan. Yöl-transport hodisasi yuz bergan vaqt maşina içida 2001 yil hamda 2008 yilda tuğilgan yölovçilar bölgan. Yölovçilardan biri voqea joyida, ikkinçisi esa şifoxonada vafot etgan.
Maʼlum bölişiça, fojia qurboni bölgan yigit va qizning yaqin kunlarda töyi bölişi kutilayotgan edi.
Avtohalokatga sababçi bölgan haydovçi sud oldida javob bergan. Sudlanuvçi qilgan işidan puşaymonligini aytib, marhumlarning yaqinlaridan keçirim söragan.
Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan va u şu modda bilan 3 yil muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan hamda 8 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni manzil koloniyada ötaş belgilangan.









