Qozoğistonda folbinlarga talab keskin oşib ketdi

Qozoğistonda folbinlarga talab keskin oşib ketdi

Ötgan yili Qozoğiston aholisi folbinlar va astrologlar xizmatiga deyarli 3 milliard tenge (5,7 mln dollar) sarflagan. Uşbu körsatkiç avvalgi yilga nisbatan 75 barobar köp. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Qozoğistonda ğayritabiiy hodisalarga qiziqiş kuçaymoqda. Folbinlar, astrologlar va ekstrasenslarga bölgan talab aholida sezilarli darajada ortgan. “Finprom” portaliga köra, bu soha xizmatlari hajmi bir yil içida 75 barobarga oşgan.  

Qonuniy faoliyat yuritayotgan folbin va başoratçilar ötgan yili jami 2,9 milliard tengelik soliq tölagan. Taqqoslaş uçun, 2023 yilda bu körsatkiç atigi 39,5 million tengeni taşkil qilgan.

Bu summaning katta qismi – 2,7 milliard tenge folbinlar, numerologlar va astrologlar hissasiga töğri keladi. Ekstrasenslar esa 225,7 million tenge işlab topgan, bu ham ötgan yildagiga qaraganda bir neça barobar köp.

Real raqamlar esa bundan ham ança yuqori bölişi mumkin, çunki köplab “mutaxassislar” norasmiy işlaydi. Ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötmagan va soliq tölamaydi.

Tahlilçilarning maʼlumotiga köra, körsatilgan xizmatlarning umumiy summasining faqat yarmi oddiy aholi tomonidan tölangan. Qolgan 1,4 milliard tenge esa taşkilotlar va boşqa manbalardan kelgan. Bunday holat avvalgi yillarda qayd etilmagan.

Narxlar mijoz qaysi ğayritabiiy xizmatni istaşiga qarab farqlanadi. Masalan:

  • Oddiy karta folida örtaça narx – 3 ming tenge;
  • Tarot kartalari bilan maslahat – 5 mingdan 15 ming tengegaça;
  • Jodudan yoki “salbiy energiyadan” himoya qiliş – 30 ming tenge atrofida;
  • “Qarzlardan himoya qiliş” xizmati – 45 ming tenge;
  • “Taqdir matritsasi”ni töliq tahlil qiliş – 200 ming tenge atrofida turadi;
  • Turmuş örtoğini “qaytariş” – 500 ming tenge;
  • “Biznesni yurğiziş” marosimi – 400 ming tenge;
  • Turli “halokatli marosimlar” – 1 million tengedan boşlanadi.
“Köpinça bu xizmatlar zararli bölmasa-da, odamlar yolğonçi firibgarlarga duç keliş xavfi mavjud. Ular nafaqat kerakli yordamni bermaydi, balki mijozlaridan pulni aldov yöli bilan olib ketadi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Qozoğistonda folbinlikka ruxsat etilgan, lekin rasmiy nazorat ostida. Faqat bu xizmatni körsatuvçilar tadbirkor sifatida röyxatdan ötib, qonun doirasida işlaşi kerak. Firibgarlik yoki zarar yetkazilgan hollarda esa qonuniy javobgarlik mavjud.


Teglar:
×