Joriy yilning 1 iyul holatiga köra, Tojikistonda hayvonlarning kuydirgi bilan kasallanişi böyiça 41 ta holat qayd etildi. Bu haqda Tojikiston Soğliqni saqlaş vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boş boşqarmasi rahbar örinbosari Navröz Jafarov “Asia-Plus” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
Uning sözlariga köra, bu holatlar Gorno-Badaxşon viloyati va Raşt tumanidan taşqari barça hududlarda aniqlangan.
Kuydirgi Tojikistonda odatda yoz oylarida, ayniqsa ötlar qurib qolganidan keyin keng tarqaladi. Hayvonlar quruq öt bilan birga yuqtiruvçi zarralar bölgan tuproqni yeb kasallanadi. Keyinçalik kasallik odamga hayvonlarning juni, terisi yoki xom göştini işlov beriş orqali yuqadi. Kuydirgi bakteriyalari tuproqda 80 yilgaça yaşay oladi, ammo infektsiya manbaini aniqlaş qiyin, çunki çorva hayvonlari doimiy harakatda böladi.
Jafarovga köra, kasallik barça turdagi uy hayvonlariga yuqişi mumkin. Inson esa yuqtirilgan göşt yoki hayvon mahsulotlari orqali kasallanadi. Bemor hayvonlar qatʼiy sanitariya qoidalariga muvofiq yöq qilinişi kerak. Ularni çuqur kömiş ham yetarli emas, çunki mikroblar yana yuzaga çiqişi mumkin.
Yaxşi tomoni şundaki, bu kasallik davolanadi. Sönggi ikki yilda Tojikistonda kuydirgidan ölim holatlari qayd etilmagan. Vaziyatni Soğliqni saqlaş vazirligi va Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi nazoratga olgan.
2023 yilda 80 ta, 2024 yilda 102 ta holat qayd etilgan bölsa, 2025 yilning 1 iyuligaça 41 ta holat kuzatilgan.
Kuydirgi (Cibir yarasi) – Bacillus anthracis bakteriyasi sababli yuzaga keladigan xavfli infektsion kasallik bölib, asosan hayvonlardan yuqadi. Odamlarda kasallik teri, öpka yoki meʼda-içak şaklida keçişi mumkin. Odamdan odamga yuqmaydi. Kasallik asosan kasal hayvon bilan aloqa qiliş yoki yaxşi pişmagan göşt isteʼmoli orqali yuqadi. Hatto 100 darajada qaynatilgan göşt ham xavfli bölişi mumkin faqat töliq qizdirilgan, içida puşti joy qolmagan göşt xavfsiz hisoblanadi.









