Tojikiston hukumati yaqin vaqt içida mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq holat qayd etilganini eʼlon qiladi, qator tumanlarda karantin joriy etiladi, deb xabar bermoqda «Interfaks» Qirğiziston hukumatidagi manbasiga tayanib. Bu haqda «Daryo» yozmoqda.
«Yaqin vaqt içida Tojikiston hukumati mamlakatdagi oğir epidemiologik vaziyat va koronavirus qayd etilganligini tan oladi hamda respublikaning ayrim tumanlarida karantin çoralarini joriy etadi», — deb aytgan agentlik manbasi.
«Qöşni Tojikistonda 60 dan ortiq kişi karantinga olingan, ular orasida poytaxt maktablari öqituvçilari, IIV xodimlari, respublika milliy banki xodimlari bor. Ötgan haftada Tojikiston xalq-demokratik partiyasi raisi örinbosari Xayriniso Yusufiy karantinga olindi», — degan u.
«Interfaks»ning qayd etişiça, 26 aprel kuni Tojikistonning COVID-19 profilaktikasi böyiça respublika ştabi koronavirus xavfi sababli boğça, maktablar va örta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida 27 apreldan 10 maygaça 2 haftalik taʼtil eʼlon qilişga qaror qilgan. OTMlarda esa öqiş davom etişi, özgarişlar bölganda bu haqda qöşimça maʼlumotlar taqdim etilişi aytilgan.
Şuningdek, 18 apreldan boşlab Ramazon oyida koronavirus tarqalişining oldini oliş munosabati bilan mamlakat masjidlarida jamoat, jumladan, juma va taroveh namozlarini öqiş taqiqlandi, mamlakatda barça futbol uçraşuvlari 10 maygaça töxtatildi, xorijliklarning mamlakatga kiriş-çiqişi vaqtinçalik taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallaniş böyiça birorta ham holat rasman eʼlon qilinmagan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlaridan iborat guruh şu hafta Tojikiston va Turkmanistonga taşrif buyurib, brifing ötkazadi va tahlil böyiça vaziyat qanday ekani borasida rasmiy maʼlumot beradi.
Manba: Aniq.uz









