Tojikistonda xurofot, folbinlik, sehr-jodu va fuqarolarni aldaşning boşqa körinişlariga qarşi kuraşiş maqsadida uşbu faoliyatga aloqador şaxslar maxsus röyxatga olinadi. Bu haqda keça, 21 oktyabr kuni mamlakat Içki işlar vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlik xabariga köra, maxsus bazaga folbinlar, sehr-jodu bilan şuğullanuvçilar, özini diniy ulamolar sifatida körsatuvçi ayrim şaxslar, fohişalar, ularning mijozlari va yaqinlari, giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvçilar hamda mazkur faoliyatlarga aloqador boşqa şaxslarning ism-familiyalari kiritiladi. Ular doimiy nazorat ostida böladi.
Şuningdek, tegişli tuzilmalar sörov yuborgan taqdirda, röyxatga kiritilgan şaxslar haqida maʼlumot taqdim etiladi.
“Vazirlik fuqarolarni uşbu toifadagi şaxslardan uzoq yurişga çaqiradi. Bu orqali ular maxsus röyxatga tuşib qolmasligi va farzandlari oldida öz nomiga doğ tuşirmasligi kerak”, deyilgan bayonotda.









