Toşkentda 15 iyul kuni koronavirus aniqlangan ayol vafot etdi

Toşkentda 15 iyul kuni koronavirus aniqlangan ayol vafot etdi

Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşagan 68 yoşli M.I. (ayol) joriy yil 25 iyundan 14 iyulga qadar Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan va u öta oğir holatda Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasining reanimatsiya bölimiga yotqizilib, sunʼiy nafas beriş apparatiga ulangan.

Bemorga “COVID-19” infektsiyasining oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniyaning oğir keçişi taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir respirator distress sindrom, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi, öpka şişi hamda poliorgan yetişmovçiligi kabi asoratlar bilan keçgan. Şuningdek, bemor yurak işemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning oğir keçişi kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi hamda öpka şişidan vafot etgan.

×