Joriy yilning 3-4 iyul kunlari egasi nomaʼlum bölgan ikkita sirli kriptovalyuta hamyoni 14 yillik sukutdan söng yana faollaşdi. Ularda hozirda 2 milliard dollardan ortiq mablağ saqlanmoqda. Bu haqda “The Block” naşri xabar berdi.
“Blokçeyn maʼlumotlariga köra, 14 yildan ortiq muddat davomida heç qanday operatsiya amalga oşirilmagan ikkita bitkoin hamyoni – har biri 10 ming BTC saqlovçi manzil 3 va 4 iyul kunlari qayta faollaşdi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum bölişiça, uşbu “uxlab yotgan” (yaʼni, heç qanday tranzaktsiya qilinmagan) hamyonlar 14 yil davomida “qimir etmagan”. Öşa vaqtda ularning umumiy qiymati atigi 7 800 dollar bölgan, bugungi kunda esa ularning har biri 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu – 13 982 800 foiz ösişni anglatadi.
Şuningdek, bitkoin narxi 3 iyul kuni 2 foizdan köproqqa oşib, joriy yilning 11 iyundan buyon ilk bor 110 ming dollardan yuqori körsatkiçga yetdi.









