Mototsikl urib yuborgan hindistonlik fuqaro ölikxona muzxona kamerasida yetti soat yotgandan söng «tirildi», deb xabar bermoqda News18.com naşri.
Payşanba kuni mamlakat şimolidagi Moradobod şahrida 40 yoşli elektrçi Şrikeş Kumarni mototsikl urib yuborgan. Erkak tuman şifoxonasiga yetkazilgan, şifokorlar uning ölganini qayd etişgan. Ertasi kuni muassasa xodimlari Kumarning jasadini muzlatgiçga joylaşgan.
Oila aʼzolari uning şaxsini tasdiqlab, murdani yorib körişga rozi bölgaç – yetti soatdan keyin Kumarning kelini uning nafas olayotganini payqab qolgan.
«Tez yordam xodimi bemorni tekşirgan: uning yuragi urmayotgandi. U bu odamni bir neça bor tekşirdi. Şundan söng vafot etgani maʼlum qilindi, ammo ertalab politsiya va oila aʼzolari uni tirik deb eʼlon qilişdi», – dedi Moradobod boş tibbiy nazoratçisi, doktor Şiv Singx.
Uning sözlariga köra, tekşiruv ötkaziş buyurilgan. Endi şifokorlarning asosiy vazifasi uning hayotini saqlab qolişdir.
Kumar Meyerut tibbiyot markazida davolanmoqda, uning ahvoli ança yaxşi. Kelini erkakning hali huşiga kelmaganini aytdi. Ayolning qöşimça qilişiça, yaqinlari şifokorlarning eʼtiborsizligi uçun şikoyat hozirlaşmoqda.









