Erdöğan Putin bilan uruş masalasida muzokara ötkazmoqçi

Erdöğan Putin bilan uruş masalasida muzokara ötkazmoqçi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ertaga, 6 mart kuni Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muzokara ötkazişi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya yetakçisi vakili Ibrohim Kalin maʼlum qildi.

“Bu uruşni zudlik bilan töxtatiş kerak, muzokara stoliga ötiriş kerak. Prezidentimiz juda jadal diplomatiya olib bormoqda. Ertaga Prezidentimiz Putin bilan muzokaralar ötkazadi”, deydi Turkiya Prezidenti vakili Ibrohim Kalin. 

Kalinning sözlariga köra, bölajak muzokaralar çoğida Erdöğan yana bir bor Turkiyani Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar uçun maydon sifatida taklif qilmoqçi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni şu nomdagi viloyatlar çegaradagi tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarşi uruş xavfini oşirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQŞ, YEI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina şarqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boşlaganini eʼlon qildi va rus qöşinlari Ukrainaga hujum boşladi. Putin bu harakatini Ukraina şarqidagi rossiyaparast separatist kuçlar rahbarlari şunday sörov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirgandi. Köp ötmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Armiyaga çaqiruv mamlakatning qator viloyat va şaharlarida amalga oşirilişi belgilandi.

Rus qöşinlari hozirgaça Ukrainaga şimol, şarq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallaşga erişdi. Ammo bu uruş Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolişiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boşlanişi Rossiya iqtisodiga oğir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlaşdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayiş bilan ötdi. Gazprom, LUKOYL va boşqa yirik kompaniyalar yöqotişlarga uçradi.

Hujum boşlangaç, Yevropa davlatlari va AQŞ Rossiyaga qarşi bir neça bosqiçli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQŞ, Kanada Rossiya uçun öz havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Şveytsariya ham qöşildi. Uruş fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qiliş jarayoni tezlaşdi.

×