Oq uyda özgariş: Tramp yana bir vazirni haydab yubordi

Oq uyda özgariş: Tramp yana bir vazirni haydab yubordi

AQŞ Mehnat vaziri Lori Çaves-Deremer nomaqbul xatti-harakatlar haqidagi ayblovlar fonida Prezident Donald Tramp maʼmuriyatini tark etmoqda. Bu haqda Oq uy aloqa direktori Stiven Çung maʼlum qilgan.


Uning aytişiça, Çaves-Deremer “xususiy sektorda işlaşga ötadi”. Uning örniga vaqtinça vazir vazifasini Kit E. Sonderling bajaradi.

CNN xabariga köra, sönggi oylar davomida vazirlikda içki tekşiruv ötkazilgan. Unda Çaves-Deremer xizmat vakolati doirasida suiisteʼmollik qilgani, jumladan, xizmat safarlarini şaxsiy maqsadlarda işlatgani, xavfsizlik xodimi bilan nomaqbul munosabatda bölgani kabi ayblovlar ilgari surilgan.

Maʼlumotlarga köra, u xizmat safarlarini UFC janglari, kontsertlar va yaqinlarini köriş bilan birlaştirişni söragan. Şuningdek, ayrim hollarda xodimlardan öziga spirtli içimliklar olib berişni talab qilgani aytilmoqda. Uşbu mojarolar fonida uning ikki nafar yordamçisi mart oyida lavozimidan ketgan.

“The Atlantic” maʼlumotiga köra, Oq uyda yana bir qator vazirlarni isteʼfoga çiqariş masalasi ham körib çiqilmoqda.

Sönggi ikki oy içida Çaves-Deremer Tramp maʼmuriyatini tark etgan uçinçi ayol vazir böldi. 

“Politico” yozişiça, Tramp öz vazifasini bajara olmayotgan yoki jamoatçilikda salbiy fikr uyğotayotgan amaldorlarni lavozimidan ozod qilişni rejalaştirmoqda.


Teglar:
×