Diogu Jota avariyada halok böldi – OAV

Diogu Jota avariyada halok böldi – OAV

Portugaliyalik futbolçi, Angliyaning “Liverpul” jamoasi aʼzosi Diogu Jota bugun, 3 iyul kuni ertalab 28 yoşida Ispaniyaning Samora viloyatida sodir bölgan yöl transport hodisasida vafot etdi. Bu haqda “Marca” naşri xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, baxtsiz hodisa A-52 trassasining 65-çaqirimida, Palasos-de-Sanabriya munitsipaliteti yaqinida sodir bölgan. Jota özining 26 yoşli ukasi Andre bilan birga harakatlanayotgan avtomobil yöldan çiqib ketgan va yonğin kelib çiqqan.

Maʼlumotlarga köra, futbolçi joriy yilning 22 iyun kuni turmuş qurgan.

Maʼlumot uçun, Jota “Liverpul”ga 2020 yili “Vulverxempton”dan 44,7 million yevro evaziga ötgan. U Mersisayd jamoasi bilan Angliya çempionati va Kubogini, şuningdek, ikki marta Angliya liga kubogini qölga kiritgan. U şuningdek, Portugaliyaning “Portu” va Ispaniyaning “Atletiko” jamoalarida ham töp surgan. Portugaliya terma jamoasi safida Jota 49 ta öyinda iştirok etgan va 14 ta gol urgan. U ikki bor Millatlar ligasida ğolib çiqqan.


Teglar:
×