Hindistonda sevgi izhor qilgani uçun 3 yilga qamalgan erkak voqeadan sakkiz yil ötib oqlandi. Bu haqda “Times of India” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Bombey Oliy sudi 25 yoşli erkakni 2017 yilda 17 yoşli qizga sevgisini bildirgani uçun unga qöyilgan jinsiy zöravonlik ayblovidan ozod qilgan. Sud qarorida aytilişiça, agar biror harakatda aniq jinsiy tus yoki tegişli xatti-harakat bölmasa, oddiy his-tuyğularni ifoda etişni zöravonlik sifatida baholab bölmaydi.
Voqea tafsilotlariga köra, 2015 yilda 11-sinfda öqiydigan qiz özining amakivaççasi bilan köçada ketayotganida erkak ularni töxtatib, qizning qölidan uşlab “Men seni sevaman” degan. Şundan söng politsiya unga qarşi jinoyat işi oçib, 2017 yilda sud uni uç yilga ozodlikdan mahrum etgan. Erkak bu qaror ustidan apellyatsiya tartibida şikoyat qilgan.
Erkakning advokati mijozining harakatlarida na qayta aloqa, na jismoniy majburlaş va na jinsiy tusdagi unsurlar bölganini taʼkidlagan. Sud ham şu fikrga qöşilib, ayblovni asossiz deb topgan va uni oqlab çiqqan.









